“Ko‘ngil yo‘llaridan o‘tgan yozuvchi”

Date:

U adabiyotga sof tuyg‘ulari kabi “Oq otli” ijodkor bo‘lib keldi. Fursat o‘tib Abdulla Qahhorning qalbiga “To‘lqinlar” bilan hapqirib kirdi va ustozining hikoyachilik qalamini adabiy meros qilib oldi. Bu uning “Taqdir bashorati” edimi yoki “Bir ko‘rgan tanish, ikki ko‘rgan bilish” qabilidagi badiiy “Olam tortishish qonuni” kabi “Ustoz”lik rutbasini tutishi edimi buni faqat adibning ijodiga “Ko‘ngil” qo‘ygan chin kitobxongina anglaydi, his qiladi, xolos.

Shukur Xolmirza butun ijodi hayot yo‘li davomida “Ota yurti” Boysun bilan qalban birga bo‘ldi. Ha u “Yozuvchi” edi. Nainki, u “Yo‘lovchi” bo‘lib, qalbini “Sayr” etardi va bu bilan o‘z kitobxonini “Uchinchi hamroh” qilib, “Yo‘llar, yo‘ldoshlar”ga aylantirardi. Asarlari bilan ba’zan “Kulgan bilan kuldirgan”,  “Tabassum” ulashgan, ba’zida esa “Notanish odam”ga aylanib “Yig‘i” bilan yuzlashtirardi.

         Shukur Xolmirzayev tabiat farzandi edi desak adashmaymiz. Chunki uning ijod olamida “Yovvoyi gul”ga duch kelgan “Darvesh” ham, “Shudring tushgan bedazor” oralagan “Odam” ham, hatto “Bahor”ni qarshilagan “Bir guzar odamlari” ham bor.

         “O‘n sakkizga kirmagan kim bor” uning ijod olamiga tashrif qog‘ozi edi. U tashrif qog‘ozini tutqazib, “Nimadir yo‘q bo‘lgandek” “Bulut to‘sgan oy”ga o‘xshab biroz chekinish qildi. Lek baribir adabiyotga bo‘lgan “Xumorlik” uni yana ijod olamiga qaytardi.

         Shukur Xolmirzayev “Qaytish” qilishdan oldin “So‘ngi bekat”da turib, insonlarga “Hayot abadiy” emasligiga ishora qilgandek sergaklikka chaqirdi va shuni ham ta’kidladiki, “Bitiktosh”iga “Uh” tortib “Arosat”da qolmaslik uchun “Baxtli bo‘linglar” degan tilak qoldirdi.

 Muxarram Qarshiyeva,

Termiz davlat universiteti talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun