Hamkorlik samarali kechmoqda

Date:

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratib, ularning daromad manbaini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday loyihalar nafaqat hosildorlikni oshiradi, balki hududlarda innovatsion yondashuvlarni rivojlantiradi.

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida AsakaBank hamkorligida voish usulida zamonaviy uzumzor barpo etilmoqda. Shu bilan birga, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish ishlari boshlanish arafasida bo‘lib, bu kelgusida hosildorlikni sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

Hududdagi sug‘orish tizimi ham yaxshilanib, “Hazarbog‘” kanalidan suv oladigan nasos stansiyasi ishga tushirildi. Natijada yerlarning suv bilan ta’minlanishi ancha barqarorlashmoqda. Olib borilayotgan ishlar bilan Otabek Mavlyanov hamda Ravshan Turdiyev tanishib, jarayonlarga baho berdi.

Mazkur tashabbuslar qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim o‘rin tutadi. Bu esa hudud iqtisodiyoti rivoji va aholi farovonligining oshishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun