Bilim sinovi emas, kelajak tanlovi

Date:

Surxondaryo viloyatida yoshlarning bilim va salohiyatini aniqlashga qaratilgan muhim olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-346-son qarori asosida, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda tuman va shahar bosqichida saralangan 8–10-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilimlarini test sinovlari orqali namoyon etdilar. Ishtirokchilarga 30 ta savolni yechish uchun 90 daqiqa vaqt berildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qumqo‘rg‘on tumanidan Xoliyorov Doniyor birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar esa Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari — Tojiboyev Shohruh hamda Zokirov Zafar hissasiga to‘g‘ri keldi.

G‘oliblar munosib rag‘batlantirildi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday tanlovlar nafaqat bilimni baholaydi, balki yoshlarning huquqiy ongini shakllantirish, ularni jamiyatdagi mas’uliyatli rolga tayyorlashda muhim bosqich hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun