Pensiya oshadimi?

Date:

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda ularning pensiya ta’minotini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslari muhokama qilinmoqda.

“Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi parlament quyi palatasida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi ulushini 75 foizdan 100 foizga oshirish, shuningdek, pensiya hisoblash bazaviy miqdorini 10 baravardan 12 baravarga yetkazish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari hamda tayinlash va qayta hisoblash tartiblari ham takomillashtirilishi nazarda tutilgan.

Mazkur o‘zgarishlar harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy jihatdan yanada mustahkamlash, ularning mehnatini munosib qadrlash va turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun