Sohibqiron sabog‘i: tarixdan kelgan mas’uliyat

Date:

Termiz garnizonidagi harbiy qismlardan birida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda tarixiy meros va harbiy burch uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda Termiz harbiy prokurorining o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi A.Almardanov ishtirok etib, Amir Temurning davlatchilikni mustahkamlash, adolatli boshqaruvni ta’minlash va yurt tinchligini asrash yo‘lidagi ulkan xizmatlari haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilarga sohibqiron hayotidan ibrat olish, Vatanga sadoqat, intizom va mas’uliyatni yuksaltirish zarurligi ta’kidlandi. Badiiy chiqishlar va tarixiy lavhalar esa ishtirokchilarda milliy g‘urur va faxr tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.

Mutaxassislar qayd etganidek, bunday tadbirlar nafaqat tarixni yodga olish, balki yosh harbiylarning ma’naviy barkamolligi va yurtga sadoqatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sardor Bebetov,

Termiz harbiy prokurori yordamchisi, adliya katta leytenanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun