Bokschi qiz finalda

Date:

Toshkent shahrida o‘tayotgan o‘smir qizlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida jarqo‘rg‘onlik iqtidorli bokschi Karina Ilmuratova yorqin ishtiroki bilan muxlislar e’tiborini qozondi.

70 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz yarim final bahsida qozog‘istonlik raqibiga qarshi yuqori mahorat, tezkor harakat va aniq zarbalar namoyish etdi. Jang davomida ustunlikni qo‘ldan bermagan Karina ishonchli g‘alabaga erishib, Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi.

Bu natija nafaqat yosh sportchining mehnati va irodasi, balki mamlakatimizda ayollar sportiga qaratilayotgan e’tibor samarasi ekanini ko‘rsatmoqda. Endi barcha muxlislar final bahsida ham Karinaning muvaffaqiyatli chiqishini kutmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun