Ekologiyaga zarba

Date:

Surxondaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan noyob pushti saqoqqushni noqonuniy ovlab, iste’mol qilgan fuqarolar aniqlandi. Holat Termiz tumanidagi Uchko‘l massivida yuz bergani ma’lum qilindi.

Tekshiruvlarda fuqarolar ovchilik bilan shug‘ullangani va ularda ov qurollari mavjudligi aniqlanib, qurollar vaqtincha olib qo‘yildi. Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, ushbu noqonuniy harakat oqibatida tabiatga 206 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborildi.

Mutaxassislar bunday holatlar noyob hayvonot olamini saqlash, ekologik muvozanatni himoya qilish va biologik xilma-xillikni asrash masalasini yanada dolzarb etayotganini ta’kidlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun