“Jasorat maktabi” — muhim loyiha

Date:

Respublika bo‘ylab yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va harbiy intizom ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Jasorat maktabi” loyihasining navbatdagi mavsumi boshlandi. Loyiha doirasida yoshlar uchun 10 kunlik o‘quv yig‘inlari tashkil etilib, ularda harbiy hayot, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi “Termiz” umumqo‘shin dala poligonida “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Unda uyushmagan yoshlar, texnikum o‘quvchilari va probatsiya nazoratidagi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy kasb-hunarlar, xorijiy tillarni o‘rganish, tadbirkorlik va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida fikr almashdi.

Shuningdek, yoshlar “Vatanparvarlar” bog‘idagi harbiy-vatanparvarlik festivalida qatnashib, harbiy orkestr chiqishlari, faxriy qorovul namoyishlari va qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarni tomosha qildi. “Vatan aziz — jasorat mangu” burchagida esa Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning jasorati haqida ma’lumot berildi.

Mazkur loyiha yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, daxldorlik hissi va jasorat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun