Pulning “issig‘i” soviguncha…

Date:

Alibek (ism o‘zgartirilgan) bolaligidan erka o‘sdi — shunaqangi erkaki, tarbiya degan tushuncha uning uyiga yo‘l topa olmadi. Ko‘chadagi tengqurlari bilan “til topishish” usuli esa juda oddiy edi: birining burni qonaydi, boshqasining ko‘zi ko‘karadi. Shikoyat bilan kelgan ota-onalarga esa uning ota-onasi bitta gapni ham aytmasdi — go‘yo urishish emas, jasorat ko‘rsatganday.
Bog‘cha, maktab — baribir o‘zgartirmadi. Alibek uchun darsdan ko‘ra “mushtlashuv mashg‘ulotlari” muhimroq edi. Sinfdoshlari o‘qishga ketganida ham u eski odatlaridan voz kechmadi. Ishsiz, maqsadsiz yurish esa uni tez orada “yangi do‘stlar” bag‘riga olib kirdi.
Bir kuni tanishi orqali “oson pul”ning eshigi ochildi. Avvaliga oddiygina topshiriq: bir sumkani olib borish, bir tugunni qaytarish. Ichida nima borligini bilmaslik esa — go‘yo eng katta “afzallik”. Keyin esa haqiqat ochildi: bu “tadbirkorlik” emas, qora dori savdosi edi. Shunda ham Alibek to‘xtamadi. Negaki pul “issiq” edi — u esa issiqni yaxshi ko‘rardi.
Ko‘p o‘tmay, bu issiq pul sovuq panjaraga olib keldi. U qo‘lga tushdi, jazoni o‘tadi. Go‘yoki hayot unga yana bir imkon bergandek edi. Ammo “o‘rgangan ko‘ngil” tinchimadi — eski yo‘l yana o‘ziga tortdi. Bu safar ehtiyotroq, “tajribaliroq” bo‘ldi, lekin qonun undan ham sabrliroq ekan.
Navbatdagi savdoda u yana ushlandi. Bu safar “dalil yetarli emas” degan bahonaga ham o‘rin qolmadi — tarozi-yu xaltalar, hammasi o‘z joyida. Sud ham uzoq o‘ylab o‘tirmadi: kim nima eksa, shuni o‘radi.
Endi esa hisob oddiy: chaqaloq ulg‘ayib, maktabga borguncha — Alibek yana panjara ortida. Agar yana “issiq pul”ni sog‘inib qolmasa, albatta…
To‘lqin Abdiraimov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi raisi

Chori Qoraqulov,
sud maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun