Xirmonga baraka kirdi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida pilla mavsumi dastlabki muvaffaqiyatlar bilan boshlandi. Tumandagi bir qator ilg‘or fermer xo‘jaliklari belgilangan rejani ortig‘i bilan bajarib, yetishtirilgan hosilni tantanali ravishda pilla qabul qilish maskaniga topshirdi.

Xususan, “Chayontepalik Sanjarbek”, “Sultan Azizbek Paxtakori”, “Parloq 777” hamda “Olmapoya Paxtakori” fermer xo‘jaliklari mavsumda birinchilar qatorida rejani muvaffaqiyatli ado etdi. “Chayontepalik Sanjarbek” fermer xo‘jaligi esa 405 kilogrammlik rejani 453 kilogramm bilan bajardi.

Tadbirda tuman hokimi Farrux Xoliqov pillakorlarning zahmatli mehnatini e’tirof etib, ularni qutladi. Ta’kidlanganidek, pilla yetishtirish nafaqat daromad manbai, balki sabr, mehnat va fidoyilik mahsuli hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy mavsumda tumanda 301 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, ilk natijalar ushbu marralarga muvaffaqiyatli erishilishidan dalolat bermoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun