Yaponiya O‘zbekiston haqida film suratga olmoqda

Date:

Yaponiyaning taniqli teleloyiha ijodkorlari O‘zbekiston bo‘ylab sayohat va madaniy meros haqida hujjatli dastur suratga olmoqda. Loyiha Turizm qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

Tasvirga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Nukus shaharlarida olib borilmoqda. Dasturda tarixiy obidalar, sharq bozorlari, Toshkent metrosi, “Afrosiyob” va “Sharq” poyezdlari hamda zamonaviy shahar hayoti aks etadi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu loyiha Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, mamlakatning boy tarixi va madaniyatini xalqaro auditoriyaga tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun