Kim fazoga uchadi?

Date:

O‘zbekistonning ilk milliy kosmonavti 2028-yil oktyabriga qadar fazoga uchirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kosmik parvoz 10–14 kun davom etadi va uning doirasida tibbiyot, biologiya hamda genetika yo‘nalishlarida ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin. Hozirda AQSH, Rossiya va Xitoy bilan hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Kosmonavtlarni saralash uchun maxsus hukumat komissiyasi tuziladi. Nomzodlardan oliy ma’lumot, xorijiy tillarni bilish hamda belgilangan jismoniy talablarga mos bo‘lish talab etiladi.

Mutaxassislar ushbu loyiha O‘zbekistonning kosmik tadqiqotlar, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi yangi bosqichini boshlab berishini ta’kidlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun