111 nafar fuqaro muborak safarga yo‘l oldi

Date:

Prezidentimiz tashabbusi va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda yaratilgan imkoniyatlar tufayli minglab vatandoshlarimiz “Haj” safariga borish baxtiga musharraf bo‘lishmoqda. Hukumatimiz tomonidan ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Xususan, Sariosiyo tumanida bo‘lajak hojilarni “Haj” safariga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Odiljon Yaqubov ishtirok etib, muborak safarga otlangan sariosiyoliklarga oq yo‘l tiladi.

Yurtimizda yildan yilga “Haj” ziyoratiga boruvchi fuqarolarimiz uchun qulayliklar va sharoitlar yanada yaxshilanib, O‘zbekistonliklar uchun ajratilgan kvotalar soni ham ortib bormoqda. Xususan, bu yil 111 nafar fuqaro muborak safarga yo‘l oldi.

Nuroniylarimiz davlatimiz tomonidan diniy sohada, xususan, Muborak “Haj” safarini ado etish uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi. Safar oldidan o‘tkazilgan tadbirda diniy ulamolar, nuroniylar, safarga otlangan otaxonu-onaxonlar hamda tadbir ishtirokchilari yurt tinchligi va farovonligi, ziyoratchilarimizning safarlari bexatar bo‘lishini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun