Zamonaviy talabga puxta yechim

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, xalqaro ahamiyatga ega M-39 Olma ota – Bishkek – Shahrisabz – Termiz avtomobil yo‘lining 1422–1423-kilometr qismida qurilishi rejalashtirilgan zamonaviy xizmat ko‘rsatish kompleksi loyihasi bilan tanishdi. Yengil metall konstruksiyadan iborat bo‘lgan ushbu majmua zamonaviy me’moriy yechimlar asosida barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, haydovchi va yo‘lovchilar uchun barcha zarur qulayliklarni o‘zida mujassam etadi.

Loyiha taqdimoti davomida mutasaddilar tomonidan majmuaning texnik ko‘rsatkichlari, servis xizmatlari, infratuzilma imkoniyatlari hamda kelgusidagi iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Viloyat rahbari loyiha yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, qurilish ishlarini sifatli, puxta va zamonaviy talablar asosida olib borish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shundan so‘ng, loyiha doirasidagi qurilish ishlariga rasman start berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun