Angorning turizm saloyihati oshmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda infratuzilma va turizm yo‘nalishidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Tumanda “yashil belbog‘” barpo etish maqsadida daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, “Bahor” mahallasida amalga oshirilgan va istiqbolda rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, “Turizm sayilgohi 24/7” loyihasi doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari holati ham o‘rganildi. Ko‘rib chiqish jarayonida loyiha ijrosini jadallashtirish, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur loyihalar hudud ekologiyasini yaxshilash, turizm salohiyatini oshirish hamda aholi uchun zamonaviy va qulay infratuzilma yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun