Niderlandiya bilan muloqot: Surxondaryo uchun yangi imkoniyatlar

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Niderlandiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Niko Sxermers boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, logistika va yashil energetika yo‘nalishlarida tajriba almashish hamda malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Niderlandiya biznes vakillari Surxondaryodagi erkin iqtisodiy zonalar va istiqbolli loyihalarda faol ishtirok etishga taklif qilindi.

Mazkur muloqot viloyatga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va zamonaviy texnologiyalarni olib kirishda muhim qadam bo‘lishi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun