“Xushxabar”dan xushxabar

Date:

Suv, elektr energiyasi va gazsiz hayotimizni tasavvur qila olmaydigan holatga kelganmiz. Ammo, afsuski, hali gaz yetib bormagan hududlar ham mavjud. Shunga qaramay ular suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanib, bu boradagi muammolari hal etib kelinayotir. Surxondaryo viloyatida 475 ming 209 ta ana shunday suyultirilgan gaz isteʼmolchisi mavjud.
Joriy yilda vohadagi isteʼmolchilar individual elektron ID-karta bilan toʻliq taʼminlanib, ular foydalanayotgan maishiy gaz ballonlarga maxsus yorliq yopishtirildi. Jarayon davom etmoqda. Natijada yetkazib berilgan suyultirilgan yoqilgʻi hisobi toʻliq avtomatlashtirilgan tartibda nazorat qilinadi. Hududlarda mavjud isteʼmolchilar haqida real maʼlumot shakllantirilib, yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz hajmining aniq hisobi olib boriladi.
Bugungi kunda “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan viloyatning 40 dan ortiq olis qishloqlariga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilayotgan bo‘lib, ana shunday olis manzillardan biri “Xushxabar” qishlogʻidir. Qishloq dengiz sathidan 2500 ming metr balandlikda joylashgani bois bu yerga ilgari gaz olib kelinmagan. Yaqindan boshlab qishloq ahliga gaz ballonlari tarqatila boshlangani esa mahalliy aholining yumushini yengillatdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun