Kichkintoylarga g‘amxo‘rlik – kelajakka e’tibor

Date:

Bola tarbiyasiga hali tug‘ilmasidanoq tayyorgarlikni boshlash lozimligi uqtiriladi. To‘g‘ri-da, farzandlarimiz faxrimiz, g‘ururimiz, vatan taqdirida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishini istaymiz. Dunyoga keldimi, oq yuvib, oq taraymiz. Ulg‘aytiramiz. Maktabgacha yoshida esa bog‘chaga beramiz. O‘z ishining ustalari bo‘lmish tarbiyachi-pedagoglarning mahorati, bilimi va tajribasiga tayanib, farzandlarimizni ishonib topshiramiz.
Xolbuki, bolalarni maktabgacha ta’lim jarayonlariga jalb etish, bog‘chaga qamrovini oshirish, bugungi kunda eng muhim masalalardan sanaladi. Zamonaviy qiyofa kasb etayotgan bog‘chalarda esa barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Asosiysi bolalar vaqtini mazmunli o‘tkazib, foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishadi. Obod va katta shaharlardan tortib, chekka-chekka qishloq va ovullargacha bugun maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qad rostlayotgani, foydalanishga topshirilayotgani kelajak avlodga qaratilgan yuksak e’tiborning namunasi deyish mumkin.
Oltinsoy tumanidagi “Ekraz” mahallasida ham 120 o‘ringa mo‘ljallangan 10-MTTga tamal toshi qo‘yilib, ayni kunlarda bog‘cha binosining qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. “Hazarbog‘ qurilish ta’mirlash ishlab chiqarish” MChJ rahbarligida 4 milliard 362 million so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga qurilayotgan ushbu ikki qavatli bog‘chaning qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangach, jihozlash, kerakli asbob-uskunlar bilan ta’minlash jarayonlari amalga oshiriladi. Xullas, bolajonlar uchun barcha qulayliklar yaratiladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun