9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Date:

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda viloyat sudi raisi Tolib Bayzakov, soha vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda o‘tgan to‘qqiz oy davomida sudlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, sud qarorlarining ijrosi hamda fuqarolarning sud orqali himoyalanish huquqini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Alohida e’tibor huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, ularni bartaraf etish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda davlat organlari, mahalla va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirishga qaratildi. Shuningdek, sud ishlarini qonuniy va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, sayyor sud majlislarining profilaktik ahamiyatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar sud qarorlarining ijrosi, fuqarolarning sudga murojaat qilish tartibi va huquqlarini himoya qilishga oid savollar bilan murojaat qildi. Mutasaddilar savollarga tegishli tushuntirishlar berib, sudlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash va jamoatchilik bilan muloqotni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun