2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati cheklanishi mumkin. Mazkur tartib Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga nisbatan qo‘llanmaydi.
«O‘zsuvta’minot» AJ raisining birinchi o‘rinbosari Islom Abdullayevning 30-oktabr kuni ma’lum qilishicha, qarzdorlarga ogohlantirish berilib, qarzni bartaraf etish uchun besh kun muddat ajratiladi. Belgilangan muddatda qarzdorlik uzilmasa, uni undirish qonunchilikda belgilangan tartibda, notarius yoki sud orqali amalga oshiriladi. Ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosiga yuboriladi.
Mazkur tartib 2026-yil 24-iyulda qabul qilingan 140-sonli Prezident farmonida belgilangan bo‘lib, qarzdorlik bo‘yicha ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmagan hollarda qo‘llanadi.

