1-SINFGA QABUL BOSHLANDI

Date:

Farzandi yetti yoshga to‘lgan ota-ona borki, hayajonda. Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarining kelajagiga katta umid bog‘lab, qo‘llaridan tutgancha maktabga olib borishlari, albatta, ko‘ngilga hayajon uyg‘otadi. 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul bugundan, ya’ni 20-iyundan boshlandi. Aytish kerakki, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich mikro-hudud doirasida 20-iyundan 31-iyulga qadar davom etsa, ikkinchi bosqich mikro-hududdan tashqarida 1-15-avgust kunlariga qadam amalga oshiriladi. Respublikamizdagi 43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda, ota-onalar 20-iyun soat 12:00dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Qolgan tumanlarda esa an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.
Yana bir muhim eslatma shuki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bolalar, ular 7️ yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Ya’ni bu yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtihonda imtiyozi bor

Ta'limda teng imkoniyatlarni ta'minlash, alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar...

Sun’iy intellekt yordam beradi

Raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlariga keng joriy etish fuqarolarga qulaylik...

Sud qarori endi shart emas

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Ming gektardan oʻn ming tonna hosil…

Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan oqilona foydalanish va takroriy ekinlarni...
KunTun
KunTun