Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026” G-1 xalqaro musobaqasida Surxondaryo viloyati sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkita medalni qo‘lga kiritdi.
Los-Anjeles — 2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ballarini jamg‘arish imkonini beruvchi musobaqada Qurbonov Shamsiddin 68 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu vazn toifasida bellashgan Jo‘rayev Oybek esa musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Sportchilarimizning xalqaro maydondagi ushbu natijasi Surxondaryo sporti uchun quvonchli yutuq bo‘ldi.

