Maktabda Rudakiy nafasi

Date:

Abu Abdulloh Rudakiy nomi fors-tojik mumtoz adabiyoti tarixida alohida o‘rin tutadi. Uning ezgulik, do‘stlik, saxovat va ma’rifatni ulug‘lovchi she’riyati asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Shoir tavalludining 1168 yilligi munosabati bilan Oltinsoy tumanida tashkil etilgan adabiy-madaniy tadbir ham ana shu boy merosni yoshlar qalbiga yaqinlashtirishga qaratildi.
Tumandagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda tuman Tojik milliy-madaniy markazi bilan hamkorlikda “Rudakiy — adabiyot quyoshi” nomli adabiy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir TerDU talabasi, Tojik milliy-madaniy markazining faol a’zosi Shukrulloh Siroj tashabbusi bilan tashkil etildi.
Adabiy kechani surxondaryolik ma’rifatparvar, zullisonayn shoir Muhammadro‘zi G‘anizod “Zaboni ma’naviy” (“Ma’naviy til”) she’ri bilan ochib berdi. Xushovoz hofiz Tohirjon Zokirov ijrosidagi “Bo‘yi jo‘yi Mo‘liyon” taronasi esa davraga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Tadbirning asosiy qismini o‘quvchilarning chiqishlari tashkil etdi. Ular Rudakiy hayoti va ijodi haqida bir necha tilda ma’lumotlar berdi, shoir she’rlaridan namunalar o‘qidi. Tojikcha raqslar, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar adabiy kechani mazmunan boyitdi. Rudakiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorinada o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, maktab direktori Amin Abdualimov, bir guruh o‘qituvchilariga markazning a’zolik guvohnomalari topshirildi.
Bunday adabiy uchrashuvlar buyuk ijodkorlar merosini yodga olish bilangina cheklanmaydi. Ular yoshlarni ona tiliga, adabiyotga va milliy-madaniy qadriyatlarga yanada yaqinlashtiradigan ma’naviy maydon vazifasini ham o‘taydi.

Farida Barotova,
Oltinsoy tumanidagi 9-sonli maktab o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun