Ikkinchi kun 6 ta medal

Date:

«Prezident Olimpiadasi» sport musobaqalarining ikkinchi kunida Surxondaryo viloyati vakillari dzyudo va og‘ir atletika bahslarida jami oltita medalni qo‘lga kiritdi.

Dzyudo bo‘yicha Termiz OPSTTM tarbiyalanuvchisi Bekzod Norboyev 38 kilogramm vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Sariosiyo tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Zavqiniso Iskandarova esa 44 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Og‘ir atletika bahslarida Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Jasmina Sadatova 40 kilogramm, Oltinsoy tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Shomahmud Haydarov 50 kilogramm vazn toifasida bronza medali bilan taqdirlandi.

Termiz OPSTTM tarbiyalanuvchisi Zarina Ismatova esa 45 kilogramm vazn toifasida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlarining har birida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir xonadon daromadli bo‘lishi kerak

Denov tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini...

Murosa va muloqot — oilaviy barqarorlik omili

Oiladagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish,...

Tabiatga e’tibor — amaliy tashabbuslarda

Atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish faqat targ‘ibot bilan...

Yashil hududlar kengaytirilmoqda

Yo‘l infratuzilmasini obodonlashtirish bilan birga, uning atrofida yashil hududlarni...
KunTun
KunTun