Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, tezkorligi va irodasini chiniqtirishda sport musobaqalari muhim o‘rin tutadi. Bunday bellashuvlar nafaqat jismoniy faollikni oshiradi, balki harbiy jamoada do‘stona raqobat va hamjihatlikni mustahkamlaydi.
Yaqinda Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida shaxsiy tarkib o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Ochiq havoda o‘tkazilgan bellashuvlarda ishtirokchilar chaqqonlik, tezkor reaksiya va sport mahoratini namoyish etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqa harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish va jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
Islomjon Muxamadaliyev,
harbiy xizmatchi

