Uzun tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z. Mirzayeva boshchiligidagi faol tadbirkorlar hamda gulchilikka qiziqayotgan xotin-qizlar Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Gulchi Opa” MChJ faoliyati bilan tanishmoqda. Tashrifga Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari G. Ikromova ham hamrohlik qilmoqda.
Tashrif davomida ishtirokchilar gulchilik, ko‘chatchilik va issiqxona tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda. Korxona rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor Sharofat Noriyева issiqxonadagi ish jarayonlari, erishilgan natijalar va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Mazkur tajriba almashish xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, gulchilik sohasiga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va yangi daromad manbalarini yaratish uchun muhim imkoniyatdir.

