«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49 kilogramm vazn toifasida siltab ko‘tarish bahslari yakunlandi. Unda Surxondaryo viloyati vakili Mahliyo Jumanazarova 81 kilogramm natija bilan birinchi o‘rinni egallab, viloyat delegatsiyasiga ilk oltin medalni taqdim etdi.
Ikkinchi o‘rin 75 kilogramm natija qayd etgan Toshkent viloyati vakili Shaxzoda Inagamovaga, uchinchi o‘rin esa 72 kilogramm natija bilan Xorazm viloyati vakili Ruxsora Bardiboyevaga nasib etdi.

