Denov tumanidagi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning 36691-sonli harbiy qismida O‘zbek jang san’ati bo‘yicha Surxondaryo viloyati birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa mergan chavandoz, mergan sportchi va Temuriylar bellashuvi yo‘nalishlarini qamrab oldi.
Viloyatning olti tumanidan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Bellashuvlar yakunida Denov tumani jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Oltinsoy tumani ikkinchi, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlari esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Mazkur musobaqa O‘zbek jang san’ati yo‘nalishida sportchilar mahoratini sinash va hududdagi iqtidorli ishtirokchilarni saralash imkonini berdi.

