NAVOIY MEROSINING NOYOB DURDONASI O‘ZBEKISTONGA KELTIRILDI

Date:

Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga Alisher Navoiyning “Kulliyot” asarlari jamlangan nodir qo‘lyozma nusxasini taqdim etdi.

1495-yilda, Alisher Navoiy hayotlik davrida ko‘chirilishi boshlangan mazkur qo‘lyozma 802 varaqdan iborat bo‘lib, unda shoirning 26 ta asari jamlangan. Qo‘lyozma ikki miniatyura, 24 ta zarhal sarlavha va 30 ta bezakli zahriya bilan bezatilgan.

Avval Istanbuldagi Topqopi saroyi kutubxonasining Revan bo‘limida R. 808 raqami ostida saqlangan noyob qo‘lyozma endilikda Islom sivilizatsiyasi markazining Ikkinchi Renessans zalidagi Navoiy bo‘limidan o‘rin oldi.

Tashrif davomida Mehmet Nuri Ersoy boshchiligidagi delegatsiya markazning tarixiy ekspozitsiyalari va zamonaviy muzey texnologiyalari bilan tanishdi hamda Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Milliy otchilik: an’ana, mahorat va e’tirof

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari”...

Yoshlarimiz g‘oliblar safida

“Islohotlar bilimdoni – 2026” respublika ko‘rik-tanlovining ikkinchi kunida uchta...

Ezgulik yo‘lida birlashdilar

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan viloyat...

Badiiy havaskorlik jamoalari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyatida «Xalq havaskorlik jamoasi» va «Bolalar namunali jamoasi»...
KunTun
KunTun