Oilaviy kutubxona tashkil etildi

Date:

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaani oilaviy qadriyatga aylantirish Yangi O‘zbekistonda ma’naviy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Bu borada Surxondaryo viloyatida kitobga mehrni oshirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda.

Prezidentning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida Sho‘rchi tumanining Guliston mahallasida istiqomat qiluvchi faxriy o‘qituvchi Bo‘ritosh momo Abdurahmonova xonadonida 3 mingdan ortiq kitob fondiga ega zamonaviy oilaviy kutubxona tashkil etildi. Yangi ma’naviy maskan bilan tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev yaqindan tanishdi.

Mazkur oilaviy kutubxona yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kitob mutolaasini keng ommalashtirish hamda oilalarda kitobxonlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu kabi tashabbuslar ma’rifatli, bilimli va kitobxon jamiyatni shakllantirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun