Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari Darband mahallasida joylashgan temiryo‘l stansiyasida davom ettirildi.
O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davomida yuk va yo‘lovchi poyezdlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday holatlarda tezkor harakatlanish, yo‘lovchilar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash hamda ehtimoliy oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Shuningdek, tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorligi, kuch va vositalarni safarbar etish, qutqaruv ishlarini tashkil qilish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi tayyorgarlik sinovdan o‘tkazildi.
Bunday mashg‘ulotlar temiryo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda holatlarda xizmatlarning muvofiqlashgan harakatini mustahkamlash va inson hayotini muhofaza qilishga xizmat qiladi.

