Sho‘rchidagi maktablar “boy” bo‘ldi

Date:

Endigina o‘nib-o‘sib kelayotgan yoshlar niholga o‘xshaydi. Ularni to‘g‘ri parvarishlash, qiziqish va iqtidorlarini aniqlab, yo‘naltira olish lozim. Ana shundagina ular o‘z sohasining yetuklari bo‘lib shakllanishadi. Bu borada yosh sportchilarning erishgan yutuqlari, shaxmatchi yoshlarning jahon chempionatidagi ishtiroki, qolaversa, san’at va adabiyotda o‘ziga xos ovoz va so‘ziga ega yoshlarning yetishib chiqayotgani eng yaxshi isbotdir. Bunda, albatta, maktab yoshida e’tiborni kuchaytirish iqtidor va layoqatni kuchaytirish shart va zarur.

Yangi o‘quv yili oldidan o‘quvchi-yoshlarni san’atga, sportga qiziqishini aniqlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Sho‘rchi tumanidagi barcha umumta’lim maktablariga 216 dona dutor, doira, rubob, 5 040 dona kitob, 216 dona futbol, voleybol to‘pi va setkasi topshirildi.

– Maktabimizga san’at va sportga qiziquvchi, kitobga oshno yoshlar uchun kerakli musiqa cholg‘u asboblarini, sport anjomlari-yu, kitoblar jamlanmasini topshirilgani ayni muddao bo‘ldi. O‘quvchilarimiz dars mashg‘ulotlarida, qolaversa, bo‘sh vaqtlarida ulardan unumli foydalanishadi, – deydi tumandagi 68-maktab direktori X. G‘afforova. – Ishonamiz, maktabimizdan ham mashhur san’atkorlar, champion-u ijodkorlar yetishib chiqadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol yoshlar sayohatga yo‘l oldi

Yoshlarni rag‘batlantirish, ularning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash va dunyoqarashini...

Chorrahada ishlar jadallashdi

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va transport harakati xavfsizligini ta’minlash...

Agrotexnik tadbirlar — hosildorlik poydevori

Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosilga erishish, avvalo, agrotexnik tadbirlarni o‘z...

“Oltin qalam” muborak

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof...
KunTun
KunTun