Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi izchil ishlar o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, Termiz shahrida “TALENTS OF THE NEW UZBEKISTAN” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “KUZ JILOSI” xalqaro ko‘rik-tanlovida Oltinsoy tumanidagi 15-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari hamda jamoasi munosib ishtirok etdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, maktab vakillari 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritib, diplom hamda medallar bilan taqdirlandi. Shuningdek, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish yo‘lidagi fidokorona mehnati va tashkilotchilik qobiliyati uchun maktab direktori ham tanlov tashkilotchilarining maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ushbu natijalar maktabda yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni san’at olamiga keng jalb etish borasidagi mehnatlarning e’tirofidir.

