Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Date:

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, kommunal xizmatlar barqarorligini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda Sherobod tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun tashkil etilgan shtab 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritmoqda.

Viloyat prokurorining katta yordamchisi M. Pardayev hamda shtab a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, mavsumga tayyorgarlik ishlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Shundan so‘ng mas’ullar joylarga chiqib, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va shifoxonalardagi isitish tizimlari, qozonxonalar hamda zarur infratuzilma obyektlarining holatini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkor hal qilish va mavsum davomida uzluksiz issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Asosiy e’tibor sovuq kunlarda ijtimoiy soha muassasalarida zarur sharoitlarni yaratish, aholiga kommunal xizmatlarni uzluksiz yetkazib berish va mavsumni barqaror o‘tkazishga qaratilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun