“Noqonuniy tartibda ta’lim berib kelgan fuqaro qo‘lga olindi”

Date:

Muqaddas dinlarning hammasi aziz, birdek mukammal, har qanday kamchiliklardan holi. Axir, hech bir dinda birovga qasddan yomonlik qilish, kimnidir o‘ldirish buyurilmaydi.

Shukrlar bo‘lsinki, yurtimizda vijdon erkinligi qaror topgan, diniy tazyiqlar uchramaydi. Har bir inson qaysi dinga e’tiqod qilishini mustaqil hal qiladi.

Ming afsuski, islom dini mohiyatini mukammal bilmasdan, anglamasdan dinni shunchaki ermak qilib olganlar, mohiyatiga yetib ulgurmay “targ‘ib” qilayotganlar ham uchramoqda.
Ana shundaylardan biri Jarqo‘rg‘onda yoshlarga noqonuniy tartibda ta’lim berib kelgan fuqaro hali yosh, oq-u qorani farqiga bormaydigan qizlarga diniy ilmlarni noto‘g‘ri yo‘lda anglatishga harakat qilgan. O‘z yashash uyida hujra asosida “ilm bergan, o‘rgatgan”.
Holat zudlik bilan aniqlanib, ushbu shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Diniy ta’lim berishda foydalanib kelingan kitoblar esa xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

D.Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun