6 ta xorijiy IT-kompaniya Surxondaryoda o‘z filialini ochadi

Date:

Axborot texnologiyalari bugun iqtisodiyotning yangi imkoniyatlarini ochayotgan, hududlar taraqqiyoti va yoshlar bandligini ta’minlashda muhim omilga aylanayotgan sohalardan biridir. Shu bois Surxondaryoda ham IT yo‘nalishiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajriba asosida malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 29–31-oktabr kunlari Qozon shahrida o‘tkazilgan xalqaro «Kazan Digital Week 2026» forumida Surxondaryo viloyati delegatsiyasining ishtiroki ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

Forum doirasida 20 ga yaqin xorijiy IT-kompaniya vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Natijada 6 ta yirik IT-kompaniyaning viloyatda o‘z filiallarini tashkil etishi bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, 10 dan ortiq kompaniya bilan axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va zamonaviy robototexnika yo‘nalishlarida texnologik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Tashrif davomida kadrlar tayyorlash va xalqaro tajriba almashish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti bilan uchrashuvda Surxondaryo yoshlari uchun axborot texnologiyalari yo‘nalishida xalqaro amaliyot dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Erishilgan kelishuvlarning ahamiyati shundaki, ular viloyatda IT infratuzilmasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash va ularning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Eng muhimi, xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik Surxondaryoning raqamli iqtisodiyotdagi salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun