Ustozlar milliy forumi: natijalar tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi,
munosiblar rag‘batlantirildi

Date:

Ta’lim tizimi har doim ham e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim soha sanaladi. Kelajak avlod taqdiriga qayg‘urgan pedagog borki, kasbiga mas’uliyat yuki ila yondashadi. Soha jonkuyarlarining mehnati, zahmatlari o‘quvchi-yoshlarning taqdirida, erishgan yutuqlarida yaqqol seziladi.
Yangi o‘quv yilini o‘zgacha shukuh va shijoat ila boshlash, ta’lim-tarbiya berishning yangicha metod va uslublaridan foydalanishni maqsad qilgan o‘qituvchi-pedagoglar uchun Termiz shahridagi muhtasham san’at saroyida “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forum o‘zgacha shukuhda boshlandi. San’at maktablarining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan bayramona chiqishlar tomoshabinlar kayfiyatini ko‘targan bo‘lsa, yutuqlarga erishgan sportchi-yoshlarning namoyishlari ko‘ngilga faxr va g‘urur tuyg‘usini uyg‘ota oldi. Qolaversa, san’atkor yoshlarning xonishlari, rassom va ijodkorlarning ko‘rgazmalari e’tibordan chetda qolgani yo‘q.

Viloyat hokimining so‘zga chiqib, mustaqilligimizning 31 yillik bayrami hamda “Bilimlar kuni” bilan yo‘llgan tabrigi soha egalarini yanada shijoat bilan ishlashga ilhom bag‘ishlagan bo‘lsa, ajab emas.
Shundan so‘ng, alohida o‘rnak ko‘rsatgan, viloyatda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, faol, tashabbuskor va munosib natijalarga erishayotgan ko‘plab ta’lim fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Albatta, taqdirlash marosimida sohada uzoq yillardan buyon mehnati singgan faxriy ustozlarning e’tibor va e’tirofdan minnatdorchilik tuyg‘ulari singdirilgan izhorlari jarangladi.
Viloyatda 953 ta umumta’lim maktabida qariyb 512 ming o‘quvchiga 44 mingdan ortiq o‘qituvchi va murabbiy ta’lim-tarbiya berib kelayotir. Ularning 2 374 nafari oliy toifali o‘qituvchilar bo‘lib, bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yilda qariyb 3 barobarga oshgan. Bu kechagi o‘qituvchi bilan bugungisining bilimi, salohiyatida katta farq borligini va mas’uliyat kuchining ortganini ko‘rsatadi.
Ajoyib konsert dasturida viloyatning taniqli san’atkorlari diltortar navolar ila barchaga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Jasorat va matonat sohiblari sharaflandi

Prezidentimiz tashabbuslari asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Soha mehnatkashlari eʼzozda

Surxondaryo viloyatida har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida keng...

124 ta murojaatdan 23 tasi joyida hal

Surxondaryo viloyatida aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini o‘z vaqtida...

“Dolzarb 70 kunlik”ka start berildi.

Surxondaryo viloyatida qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar...
KunTun
KunTun