Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan taekvondo WT bo‘yicha “Uzbekistan Open G-1” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
15 dan ortiq davlat sportchilari ishtirok etgan nufuzli musobaqada reyting ochkolari uchun keskin bahslar kechdi. Unda Uzun tumani sportchilari ham munosib natijalarni qayd etdi. G-1 kategoriyasida Pardayev Javohir oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, B kategoriyasida kichik yoshdagi sportchilar o‘rtasida Abdurasulov Ahror va Yo‘ldosheva Sug‘diyona shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Jumayev Azizbek kumush, Yangiboyev Bahodir hamda Davlatov Biloliddin bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

