“Prezident Olimpiadasi” doirasida Olimpiya shaharchasida gandbol bo‘yicha musobaqalar qizg‘in davom etmoqda.
Surxondaryo va Navoiy viloyatlari jamoalari o‘rtasidagi bahs murosasiz kechdi. Unda har ikki jamoa g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini ishga soldi.
Yakuniy hisobga ko‘ra, Surxondaryo viloyati vakillari 26:24 hisobida g‘alaba qozondi.
Viloyat jamoasi safida Sho‘rchi tumanidagi 2-sonli sport maktabi tarbiyalanuvchilari — Gulsanam Qulsoatova, Yulduz Shoymardanova va Sevara Panjiyeva ham munosib ishtirok etmoqda.

