Tun-u kun xizmatda

Date:

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish, tungi iqtisodiyotni rivojlantirish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish maqsadida tunu-kun faoliyat yurituvchi “Yoshlar va turizm” ko‘chalari tashkil etilmoqda. Shu doirada, Oltinsoy tumani “Bo‘ston” mahallasining A.Qodiriy ko‘chasida uzunligi 1 kilometr bo‘lgan, “Zarbdor tajribasi” asosida bunyod etilgan tun-u kun ishlovchi tadbirkorlik ko‘chasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Yangi ko‘chada savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish nuqtalari joylashgan bo‘lib, aholining hordiq chiqarishi uchun zamonaviy maskanlar va bolalar o‘yin maydonchalari ham barpo etildi. Loyiha natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda tadbirkorlik muhitining yanada yaxshilanishi uchun qulay sharoit yaratildi.

Tantanali ochilish marosimiga viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla faollari, nuroniylar, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo yoshlari mutlaq gʻolib

Yosh futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Sport maktablar ligasi — O‘zbekiston...

SANGARDAKDA MUSTAQILLIK SHUKUHI

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq...

6 KILOMETRLIK YO‘L VA YANGI KO‘PRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sherobod tumanida aholi uchun muhim...

55 OILA — YANGI XONADOND BAYRAMNI KUTIB OLADI

Aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlash, hududlarda urbanizatsiya...
KunTun
KunTun