“Yoshlar uchun 1000 kitob”

Date:

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish va bilimga chanqoqlikni oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Yoshlar uchun 1000 kitob” tashabbusi doirasida tashkil etilgan “Kitob karvoni” Surxondaryo viloyatiga yetib keldi.

Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da o‘tkazilgan tadbirda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi mutaxassislari tomonidan loyiha doirasida taqdim etilgan nodir kitoblar jamlanmasi shahar va tuman Yoshlar ishlari bo‘limlari mutaxassislariga topshirildi.

Mazkur kitoblar keyinchalik hududlardagi yoshlar markazlari, kutubxonalar va ta’lim muassasalari orqali yoshlarga yetkaziladi.

“Kitob karvoni” — bu shunchaki kitoblar to‘plami emas, balki bilim, tafakkur, madaniyat va ilhom karvonidir. Karvon tarkibida yangi nashr etilgan badiiy va ilmiy asarlar, jahon va o‘zbek adabiyotining mashhur klassik hamda zamonaviy yozuvchilari ijodidan namunalar, shuningdek, yoshlar dunyoqarashini kengaytiruvchi motivatsion va tarbiyaviy adabiyotlar o‘rin olgan.

Ushbu tashabbus yoshlarni kitobga oshno etish, ularning tafakkurini boyitish va intellektual salohiyatini yuksaltirish sari muhim qadamlardan biri bo‘lib, Surxondaryo yoshlari uchun haqiqiy ma’naviyat bayrami bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun