Iqtisodiy oʻsish taʼminlanadi

Date:

Hududlarda investitsiya loyihalarini izchil amalga oshirish iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois istiqbolli loyihalarning borishini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hayotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida amalga oshirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Xususan, “Angor Agro Star” MChJ tomonidan bunyod etilayotgan zamonaviy logistika majmuasi loyihasi taqdim etildi. Majmua tarkibida yuk avtomobillari uchun turar joy, konteyner mehmonxonasi, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, avtoturargohlar hamda boshqa zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Tanishuv yakunida loyiha ijrosini jadallashtirish, qurilish-montaj ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun