“Fonus” e’tirofga sazovor

Date:

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i qo‘lga kiritildi. Rejissyor va ssenarist Shokir Xoliqovning “Fonus” qisqa metrajli filmi Iordaniyada o‘tkazilgan “5th Jordan Children & Youth’s Film Festival” xalqaro kinofestivalida hakamlar hay’atining maxsus e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan “Fonus” loyihasi doirasida suratga olingan filmda sovet davridagi paxta qulligi, inson taqdiri va ta’limning jamiyat kelajagidagi o‘rni ta’sirchan tarzda yoritilgan.

Iordaniya Qirollik Kino Komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan mazkur xalqaro festival bolalar va yoshlar kinosini targ‘ib etib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan saralangan badiiy va animatsion filmlar namoyish etiladi.

“Fonus” filmining xalqaro festivalda e’tirof etilishi o‘zbek kinoijodkorlarining ijodiy izlanishlari va milliy mavzularni jahon tomoshabiniga yetkazish borasidagi salohiyatining yana bir tasdig‘idir.

Ayni kunlarda “Fonus” loyihasi doirasida suratga olingan “Chegara” qisqa metrajli filmining premyerasi ham Mustaqillik bayrami arafasida ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga...

Obodlik ishlari nazoratda

Termiz shahrining qiyofasi, ko‘chalar va mahallalardagi tozalik hamda aholiga...

Bugungi media maydoni qanday mutaxassisni talab qiladi?

Bugun axborot xizmati rahbaridan faqat yangilikni yetkazish emas, balki...

Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb...
KunTun
KunTun