Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Date:

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida tegishli qonun ma’qullandi.

Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqa hujjatlarga muhim o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Jumladan, ekstremistik, separatistik yoki aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni tayyorlash va tarqatish maqsadida saqlash kabi ayrim qilmishlar birinchi marta sodir etilganda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Jinoyat javobgarligi esa bunday qilmish ma’muriy jazo qo‘llangandan so‘ng takroran sodir etilgandagina yuzaga keladi.

Shuningdek, taqiqlangan tashkilotlarni tuzish, ularga rahbarlik qilish va ishtirok etish uchun javobgarlik tabaqalashtiriladi. “Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” tushunchasi bilan almashtirilib, uning huquqiy chegaralari aniq belgilanmoqda.

Qonun bilan ekstremistik tashkilot va materiallarning yagona elektron reyestrini yuritish, profilaktik davlat dasturlarini amalga oshirish, tahdidlar haqida xabar bergan shaxslarni himoya va rag‘batlantirish hamda ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ham mustahkamlanmoqda.

Mazkur o‘zgarishlar ekstremizmning oldini olish, qonuniylikni ta’minlash va jamiyatda tinchlik-barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun