Talabga yarasha taklif bor

Date:

Aholi, ayniqsa, yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bandligini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bu borada o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalari ish izlovchilar hamda ish beruvchilar o‘rtasida samarali ko‘prik vazifasini o‘tamoqda.

Shu maqsadda Boysun tumanidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Tadbirda 90 ta korxona, tashkilot va muassasa ishtirok etib, fuqarolarga 230 ta vakant ish o‘rni taklif qilindi.

Yarmarka yakunlariga ko‘ra, 25 nafar fuqaro o‘z mutaxassisligi va qiziqishiga mos ish o‘rinlariga yo‘llanma oldi. Ularning 19 nafari yoshlar bo‘lib, 15 nafari ta’lim, 4 nafari esa boshqa sohalarda faoliyat boshlaydi. Tadbirda jami 200 nafar fuqaro qatnashdi, ulardan 125 nafari oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan ishsiz fuqarolarni tashkil etdi.

Shuningdek, 38 nafar ishtirokchiga mehnat qonunchiligi, bandlik, kasb tanlash va ishga joylashish masalalari yuzasidan huquqiy hamda amaliy maslahatlar berildi. Bu kabi tadbirlar yoshlar bandligini ta’minlash va ularning kelgusidagi mehnat faoliyati uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun