Jarqo‘rg‘onda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport geografiyasi kengaytiriladi

Date:

Xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumi doirasida ham hududlarda yangi investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Forum doirasida umumiy qiymati 1 milliard 162 million AQSH dollaridan ortiq investitsiyaviy kelishuvlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. G2B uchrashuvlarida Jarqo‘rg‘on tumanining investitsiyaviy imkoniyatlari xitoylik investorlar e’tiboriga havola etildi.

Tuman hokimi Ilhom Saparov bilan o‘tkazilgan muzokaralarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va eksportni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, paxtachilikda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash, tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, chorvachilikni rivojlantirish hamda terini qayta ishlab, eksportbop mahsulotlar yaratish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xitoy investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy xomashyoni qayta ishlash va Jarqo‘rg‘onda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun