Usta-dehqon tajribasi yoshlar bandligiga xizmat qilmoqda

Date:

Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish va ularning bandligini ta’minlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Bu borada ko‘p yillik tajribaga ega usta-dehqonlar faoliyatini ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev Termiz tumanidagi “Qahramon” mahallasida bo‘lib, usta-dehqon Boboyor Xolboyev xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi. Xonadonda tomorqadan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilib, issiqxonachilik, ko‘chatchilik va gulchilik yo‘nalishlarida samarali faoliyat yuritilmoqda. Mazkur tajriba oila daromadini oshirish bilan birga, yoshlar uchun amaliy o‘quv maktabiga aylangan.

Tashrif davomida ushbu tajribani keng ommalashtirish, yoshlarni issiqxonachilik, ko‘chatchilik va gulchilikka jalb etish hamda ularning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, mahalla aholisining muammo va takliflari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun