Bolajonlarga munosib tuhfa

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli voqea — Yangi ro‘zg‘or mahallasidagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi.

Muassasa to‘liq rekonstruksiya qilinib, 90 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan zamonaviy va qulay sharoitlarga ega maskanga aylantirildi. Bu yerda “Boysun trans qurilish loyiha” MCHJ tomonidan 4 milliard 194 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bog‘chaning ochilish marosimida tuman hokimi Xabibulla Bozorov, nuroniylar va mahalla ahli ishtirok etdi. Ramziy lenta kesilib, yangilangan ta’lim maskani bolajonlar ixtiyoriga topshirildi.

Yangi bog‘cha Yangi ro‘zg‘or mahallasi aholisi uchun Mustaqillik bayrami arafasidagi munosib tuhfa bo‘ldi. Endilikda bu maskanda bolalar zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olib, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega.

Bayram shukuhi, obodlik va bolajonlarning quvonchi uyg‘unlashgan ushbu maskan mahalla hayotiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun