“Tashabbusli byudjet”: norasmiy botlardan ehtiyot bo‘ling

Date:

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tashabbusli byudjet” loyihalariga ovoz berish evaziga pul va’da qilayotgan norasmiy Telegram botlari tarqalmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi fuqarolarni bunday takliflardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda va’da qilingan mablag‘lar berilmayotgani yuzasidan yuzlab murojaatlar kelib tushgan. Ayrim shaxslar loyihalarga ovoz to‘plash uchun fuqarolarga pul yoki boshqa moddiy qiymatliklarni taklif qilmoqda, biroq keyinchalik va’dasini bajarmayapti.

Qayd etilishicha, “Tashabbusli byudjet” doirasida ovoz berish faqat “Ochiq byudjet” axborot portali, uning Android va iOS ilovalari hamda Telegram’dagi rasmiy bot orqali amalga oshiriladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ovoz berish uchun fuqarolardan pul undirilmaydi va berilgan ovozlar uchun moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilmagan.

Ovoz berish jarayoni 31-avgust soat 23:59 gacha davom etadi.

Vazirlik fuqarolarni norasmiy botlardan foydalanmaslik, shaxsiy ma’lumotlarini begona shaxslarga bermaslik hamda firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun