Bayram shukuhi xavfsizlik va xotirjamlik bilan

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida Surxondaryoda bayram tadbirlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i avtoturargohida viloyat mexanizatsiya ishlari yig‘ma komandasining kuch va vositalari ishtirokida saf ko‘rigi hamda o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda 167 nafar shaxsiy tarkib va 48 ta maxsus texnika jalb etilib, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor va hamjihatlikda harakat qilish bo‘yicha amaliy vazifalar bajarildi.

Saf ko‘rigi davomida maxsus texnikalarning sozligi, xodimlarning tayyorgarligi va belgilangan vazifalarni tezkor bajarish imkoniyatlari sinovdan o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda esa mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish hamda mas’ul xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur amaliy mashg‘ulot bayram kunlari aholi osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda zarur hollarda ularning oqibatlarini tezkor bartaraf etishga xizmat qiladi.

Mustaqillik bayrami shukuhi yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlik bilan yanada yuksaladi. Ana shu osoyishtalikni asrash esa barcha mas’ul xizmatlarning muhim vazifasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga...

Obodlik ishlari nazoratda

Termiz shahrining qiyofasi, ko‘chalar va mahallalardagi tozalik hamda aholiga...

Bugungi media maydoni qanday mutaxassisni talab qiladi?

Bugun axborot xizmati rahbaridan faqat yangilikni yetkazish emas, balki...

Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb...
KunTun
KunTun